Metric Team

Reklama ishlaydi, lekin mijoz oqimi yo‘qmi?

Ko‘p biznesda muammo mahsulotda emas. Murojaat kelgandan keyin nima bo‘layotgani nazoratdan chiqib ketadi. Biz shu joyni tizimga aylantiramiz.

Toshkent · O‘zbekiston bo‘ylab ishlaymiz
Tanish holat?

Muammo ko‘pincha shu ro‘yxatda

Agar bulardan ikkitasi sizga tegishli bo‘lsa — masala reklama budjetida emas, tizimda.

  • Reklamaga pul ketadi, lekin qancha mijoz kelgani noaniq.

  • Murojaatlar bor — kimdir javob berdi, kimdir esa unutildi.

  • Mijozlar bazasi telefon, daftar va Telegram orasida sochilgan.

  • Sotuvlar bir oy yaxshi, keyingi oy tushib ketadi.

  • Sahifa chiroyli, lekin undan buyurtma tushmaydi.

  • Kim, qachon, qayerdan kelganini hech kim aniq bilmaydi.

Xizmatlar

Nima qilamiz

Alohida xizmat sotmaymiz. Sizga qaysi bo‘g‘in yetishmasa, shuni qo‘yamiz.

Reklama

Instagram, Facebook va Google’da to‘g‘ri odamga chiqadigan, natijasi o‘lchanadigan reklama.

CRM va mijozlar bazasi

Har bir murojaat bitta joyda, javob berilgan va kuzatilgan holda saqlanadi.

Dizayn

Brend ko‘rinishi va kreativlar — ishonch uyg‘otadigan, arzon ko‘rinmaydigan.

Video ishlab chiqarish

Sotadigan video: mahsulot, jarayon, mijoz fikri — tomosha qilinadigan formatda.

Raqamli marketing

Reklama, kontent, sahifa va bazani bitta tizimga bog‘lab boshqaramiz.

Qanday ishlaymiz

Uch qadam, ortiqcha gap yo‘q

01

Suhbat

30 daqiqa. Hozirgi holat, raqamlar va asosiy muammoni tushunamiz.

02

Reja

Nimadan boshlash kerakligini aytamiz — hammasini emas, eng ta’sirlisini.

03

Ishga tushirish

Reklama, sahifa va baza ishlay boshlaydi. Natijalar haftalik ko‘rinadi.

O‘zbekiston

Mahalliy bizneslar

Do‘kon, xizmat, klinika, restoran, ta’lim markazi va onlayn biznes uchun mijoz oqimi va sotuv tizimi.

Xizmatlarni ko‘rish
USA

Trucking companies

AQShdagi yuk tashish kompaniyalari uchun haydovchi oqimi tizimi: reklama, sahifa va CRM. Bu bo‘lim ingliz tilida.

Go to the U.S. trucking section
Keyingi qadam

Bepul konsultatsiya — 30 daqiqa

Hech narsa sotmaymiz. Hozirgi holatni ko‘rib, qaysi bo‘g‘in pul yo‘qotayotganini aytamiz.